Sodiq Abdullaev Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

13:43, 15 avgust

2016 yilning 4 fevral kuni Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan Sodiq Abdullaev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O`zbekiston hukumati portali xabar bermoqda

“O`zbekiston Konstitusiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda O`zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Sodiq Abdullaev Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi hukumat axborotida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!