Sarviqomat bo`lishning 5 siri

15:11, 15 avgust

Har bir ayol ko`rkam qaddi qomatga,  go`zal xusnga ega bo`lishni istaydi.  Ayniqsa,  hozirgi ayollarning asosiy muammosi ortiqcha vazn bo`lib,  qomatni saqlash maqsadida turli parhezlaru mashqlarni bajarishga erinishmaydi. Lekin ba`zan tinka quriganda,  sehrli tayoqcha bo`lsayu,  bir zumda 5, 10 kiloga ozdirib qo`ysa deb,  orzu qilib ham qo`yamiz.  Bunday sehrli tayoqcha bo`lmasada,  bir necha oson usullar shunday mo`jiza ko`rsatishi mumkin, deb yozadi “Avitsenna.uz”. 

Dunyo mutaxassislari ozish yo`llari va vaziyatlarni o`rganib chiqib,  ularning eng oson 5 ta usulini tanlab olishgan:

Ko`proq uxlang!

Lancet ilmiy jurnalida yozilishicha,  uyqusizlik semirishga sabab bo`lar ekan.  Uyquga to`ymaslik gormonal me`yorning buzilishiga olib keladi.  Ayniqsa,  ishtahani bosuvchi va jismoniy faollikni oshiruvchi leptin degan gormon miqdori kamayib ketadi.  Darvoqe,  leptin so`zi yunon tilidan «ozish» ma`nosini anglatadi.  Uning o`rnini ko`proq ovqat talab etuvchi gormon egallab boradi.

Tabassum qiling!

Ishonasizmi,  10 daqiqa miriqib kulganimizda,  50 kaloriyani yo`qotar ekanmiz.  Bu degani bir bo`lak shokoladga teng quvvatni chiqarib yuboramiz.  Bir yilda kulgi bilan 2 kilogacha vazndan qutilish mumkin.

Kulgini engil yugurish bilan tenglashtirish mumkin.   Mutaxassislarning tushuntirishicha,   kulganda yurak qisqarishi ikki barobarga oshib,  organizmga kislorod ko`proq kirar ekan.  Shuningdek,  qorin mushaklari va o`pka faoliyati oshadi.  10 daqiqalik kulgi 3 daqiqalik bajarilgan jismoniy mashqlarga  to`g`ri keladi.

Iforlardan nafas oling!

Aromatli shamlar olib,  piyolaga bir necha tomchi efir moyidan tomizing va uning isidan nafas oling va mo``jizani poylang.

Odatda ortiqcha vazndan xalos bo`lishga qora murch hamda yangi yanchilgan imbir yaxshi yordam beradi.  Tsitrus (limon,  mandarin,  apelsin va h. k. ) ifori organizmdagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi.  Binafsha va zanjabil (vanil) isi ishtahani yo`qotadi.

Zanjabil ovqat xazmini me`yorlashtiradi.  Yalpiz,  limono`t,  sandal daraxti moyi kishini bo`shashtirib,  xavotirlarni tarqatadi.  Ayniqsa,  parhez tutgan ayollardagi asabiylikni (istagan egulikni eya olmagan ayollar ko`pincha asabiylashishadi) bosib,  ko`ngilni tinchlantiradi.  Shuningdek,  lavanda,  bergamot (sitruslilarga mansub daraxt),  pixta (oqqarag`ay) efir moylari depressiya holatidan chiqishga ko`maklashadi.

Aramatli (efir) moylarni atir sifatida qo`llash yoki vannalarga qo`shish,  kiyim javoniga qo`yib,  kiyimlar isini yaxshilash  ham mumkin.

Kiyimlaringizni yangilang!

Agar yangi kiyimlar qanchalik qimmat bo`lsa,  ozishga bo`lgan ishtiyoq shunchalik katta bo`ladi.  Negaki ko`rkam kiyimni tezroq kiyish istagi har bir ayolga xos.  Bundan tashqari,  qimmat narsani keyinga,  ozgunga qadar javonda turishiga ko`z qiymaydi.  Shu sababli ayollar tezroq ozishga harakat qilishadi va odatda buning uddasidan chiqishadi ham.

Sevib qoling!

Fiziologlar sevgini murakkab biologik kimyoviy jarayon deb bilishadi.  Bu ma`lum ma`noda gormonal portlash bo`lib,  odamning ishtahasiga ta`sir etib,  kishi tomog`idan egulik o`tmay qolarkan.  Bundan tashqari,  gormonlarning bu tarzda ishlashi ovqatning tez xazm bo`lishiga yordam beradi.  Qarabsizki,  ortiqcha vazndan asar ham qolmaydi. . .

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!