Krasnoyarsk yaqinidagi ko`lda er-xotin va ikki farzandi suvga cho`kib ketdi

15:22, 15 avgust

Rossiyaning Krasnoyarsk yaqinidagi Nijneingash tumanida joylashgan Shuchem ko`lida butun boshli oila suvga g`arq bo`ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Er-xotin va ularning ikki farzandi tanishlaridan ijaraga olgan motorli qayiqda ko`lda sayr qilayotganda, oila boshlig`i rul boshqaruvini yo`qotgan va motorli qayiq ag`darilib ketgan. Suvga cho`kkan erkak 29 yoshda, rafiqasi 30 yoshda, farzandlarining biri 7 va ikkinchisi esa 8 yoshda bo`lgan. Hozircha ularning jasadlari topilmagan. G`ovvoslar ko`l tubini tekshirishda davom etmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!