Toshkentda yo`l xizmati xodimlari aybi bilan jiddiy YTH sodir bo`ldi(Foto)

17:05, 15 avgust

14 avgust, yakshanba kuni kechqurun Toshkent shahri Muqimiy va Bunyodkor ko`chalari chorrahasida Spark avtomobili ishtirokida jiddiy YTH sodir bo`ldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri xabar bermoqda

Guvohlarning ma`lum qilishicha, chorrahada yo`lni ta`mirlash ishlari olib borilayotganini anglatuvchi belgilar o`rnatilmagan. Oqibatda esa Spark avtomobili chuqurlikka tushib ketgan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur chorrahada tramvay relslarini demontaj qilish ishlari olib borilgan. Oqibatda chorraha o`rtasida katta chuqurlik vujudga kelgan, biroq bu haqda haydovchilarni ogohlantiruvchi belgilar o`rnatilmagan. “Spark” haydovchisi soatiga taxminan 70 km tezlikda kelayotgan edi. Chorraha qorong`u bo`lgani bois haydovchi chuqurlikni o`z vaqtida ko`rishga va tormoz pedalini bosishga ulgurmagan. 

Avtohalokat guvohlarining so`zlariga ko`ra, “Spark” haydovchisini chuqurlikdan olib chiqishga yarim soatlarcha harakat qilishgan va oqibatda turli darajadagi tan jarohatlarini olgan haydovchi poytaxtdagi shifoxonalardan biriga joylashtirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!