Hasanboy Do`smatov: Oltin medalni Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag`ishlayman

17:57, 15 avgust

Rio-2016 Olimpiada o`yinlarining boks bellashuvlarida O`zbekiston terma jamoasiga oltin medalni taqdim qilgan bokschi Hasanboy Do`smatov (-49 kg.) o`z g`alabasini O`zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlaganini aytib o`tdi.

"Olimpiada oltin medalini Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag`ishlayman. Ota-onam, yaqinlarim bilan aloqaga chiqdim, ular juda xursand bo`lishdi. Mahalladoshlarim ham xursand. Men ham bundan mamnunman", – dedi Do`smatov Sport TV telekanaliga bergan intervyusida. 

Eslatib o`tamiz, Olimpiada shoxsupasiga qadar O`zbekiston vakili avval meksikalik Xoselito Velaskesni, keyin esa qozog`istonlik Birjan Zakipovni turnirni tark etishga majbur qilgan bo`lsa, yarim finalda amerikalik Niko Ernandes mag`lub qilindi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!