Rio–2016. Mo`min Abdullaev ilk jangida mag`lub bo`ldi va Olimpiadani tark etdi

19:21, 15 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari yunon-rum kurashi bahslarining -130 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan O`zbekiston vakili Mo`min Abdullaev ilk jangini rossiyalik Sergey Semyonovga qarshi o`tkazdi.

Afsuski, ushbu jangda hamyurtimizga biroz omad kulib boqmadi. 26 yoshli sportchimiz o`zidan 5 yosh kichik rossiyalikka 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Avvalroq 85 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan Rustam Assakalov chorak finalga yo`l olgani haqida xabar qilingandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!