Rio–2016. Shahram G`iyosov finalga chiqdi! U oltin medal uchun kurashadi

20:52, 15 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -69 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Shahram G`iyosov yarim finalda marokashlik Muhammad Rabiga qarshi jang o`tkazdi.

Anchagina murosasiz va keskin zarbalarga boy kechgan bellashuvda hamyurtimiz 3:0 hisobida zafar quchdi.

Qayd etish kerakki, Shahram G`iyosov endi oltin medal uchun kurash olib boradi. Unga keyingi bahslarda omad tilab qolamiz.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!