Rio–2016. Ruslan Nuriddinov Olimpiada rekordini o`rnatib, O`zbekistonga ikkinchi oltin medalni olib keldi

08:04, 16 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarida og`ir atletika dasturila ishtirok etgan o`zbekistonlik Ruslan Nurudinov -105 kilogramm vazn toifasida mamlkatimiz uchun ikkinchi oltin medalni olib keldi.

Dast ko`tarishda 194 kilogramm toshni o`ziga bo`ysundiragn Ruslan siltab ko`tarishda 237 kilogramm toshni ko`tardi va ikki kurashda 431 kilogramm natija bilan oltin medalni qo`lga kiritdi.

E`tiborlisi jihati shundaki, bu natija Olimpiada rekordi sifatida tarixga kirdi. Ushbu vazn toifasida qatnashgan yana bir vakilimiz Ivan Efremov beshinchi natijani qayd etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!