Rio–2016. Bektemir Meliqo`ziev yarim finalda. Kamida bronza medali naqd qilindi

08:12, 16 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining 75 kilogrammgacha bo`lgan  vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Bektemir Meliqo`ziev chorak final jangini muvaffaqiyatli o`tkazdi.

Chorak finalda Meliqo`ziev hindistonlik Vikash Krishan bilan jangda yaqqol ustunlik bilan harakat qilib, ishonchli g`alabani qo`lga kiritdi.

Mazkur g`alaba hamyurtimizni yarim finalga olib chiqdi. Bu esa kamida bronza medalini naqd qilindi deganidir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!