Rio–2016. O`zbekiston termasi medallar reytingida 12 pog`onaga ko`tarilib oldi

09:18, 16 avgust

16 avgustga o`tar kechasi bo`lib o`tgan bellashuvlardan so`ng O`zbekiston terma jamoasi hisobiga ikkinchi oltin medal yozildi. Ruslan Nuriddinov og`ir atletika dasturida rekord o`rnatib, shoxsupaning eng yuqori qismiga ko`tarildi.

O`zbekiston terma jamoasi 39-o`rindan 27-pog`onaga ko`tarilib oldi, deb aniqlik kiritdi Sports.uz nashri. Ayni damda O`zbekiston olimpiya termasi hisobida 2 ta oltin va 4 ta bronza medali mavjud. Qayd etish kerakki, Shahram G`iyosov kamida kumush, Bektemir Meliqo`ziev esa kamida bronzani naqd qilib bo`lgan.

O`ninchi kundan so`ng kundan so`ng medal jamg`arish bo`yicha AQSh termasi hamon etakchilikni davom ettirmoqda. Amerikaliklar medallari sonini 75 taga etkazdi. 26 oltin, 23 kumush va 26 bronza medal. Shuningdek, kuchli uchlikka Buyuk Britaniya (16-17-8) va Xitoy (15-14-17) termalari yakun yasashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!