O`zbekiston futzal termasi Toshkentda Ozarbayjonga qarshi o`rtoqlik o`yinini o`tkazadi

10:37, 16 avgust

Sentyabr oyida Kolumbiyada start oladigan futzal bo`yicha Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston terma jamoasi 16 avgust kuni Toshkentda Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Jahon chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan Xose Mariya Mendes jamoasi ayni kunlarda Toshkentda yig`inga kirishgan. Mazkur yig`in doirasida esa, O`zbekiston terma jamoasi Toshkentda Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ta`kidlash joiz, Ozarbayjon terma jamoasi ham Kolumbiyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionati ishtirokchisi sanaladi. Mazkur o`yin 16 avgust kuni O`zbekiston majmuasida bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi. Uchrashuvga kirish bepul.

Eslatib o`tamiz, Xose Mariya Mendes bosh murabbiyligidagi O`zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Mazkur tayyorgarlik bosqichi davomida O`zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Portugaliyada yig`in o`tkazishni rejalashtirgan. Ushbu yig`in davomida esa, milliy terma jamoa 1 sentyabr kuni Portugaliya, 2 sentyabr kuni esa Ispaniya terma jamoalariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!