Venesueladagi inqiroz bezgak kasalligining avj olishiga sabab bo`ldi

13:34, 16 avgust

Venesuelida ro`y bergan og`ir iqtisodiy inqiroz bezgak epidemiyasining yangilanishiga va tarqalishiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”  nashri.

Og`ir iqtisodiy inqiroz sababli Venesuelaning 70 ming fuqarosi oltin izlash maqsadida mamlakatning tog`-kon sanoati rivojlangan tumanlariga borib ishlashga majbur bo`lgan. Bu erlarda namgarchilikning yuqori bo`lishi bezgak tarqatuvchi chivinlarning ko`payishiga keng imkon yaratgan.

Nashrning ma`lumot berishicha, 2016 yilning birinchi yarmida mamlakatda bezgak kasalligi 72 % ga oshib, 125 ming kishi mazkur dardga chalingan. Ammo kasallikning avj olib ketganiga qaramay, hukumat mamlakatdagi sanitar-epidemologik vaziyat haqida axborot bermagan. Bundan tashqari, Venesuelada bezgak kasalligining oldini olish va davolash uchun ishlatiladigan tibbiy dori-darmonlar etishmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!