Olimlar kelajakda yozgi Olimpiada o`yinlari bekor bo`lishini bashorat qildi

15:20, 16 avgust

Amerikalik olimlar 2084 yilga kelib, global isish oqibatida yozgi Olimpiada o`yinlari bekor qilinishini aniqlashdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Berklidagi Kaliforniya Universiteti iqlimshunoslari 70 yilda so`ng Shimoliy yarim shardagi atigi 8 ta shahar, Shimoliy Amerikadagi 3 ta shahar yozgi Olimpiada sport o`yinlarida ishtirok etishi mumkinligini ma`lum qildi. Boshqa shaharlardagi issiq havo atletlar va omma uchun turli noqulayliklarni yuzaga keltiradi.

Olimlarning bunday xulosaga kelishiga havo harorati, namlik, issiqlik radiasiyasi va shamol tezligi sabab bo`lgan. Sport o`yinlarini o`tkazuvchi Xalqaro Olimpiada qo`mitasi talablaridan kelib chiqqan holda, aholisi 600 ming kishidan kam bo`lmagan shaharlar misolida yuqoridagi xulosa kelib chiqqan. Dengiz sathidan bir yarim kilometr balandlikda joylashgan katta shaharlarda havoning siyrakligi tufayli  istisno qilinib, hisobga olinmagan. 

Bu bashoratga asosan, Lotin Amerikasi va Afrikada XXI asrning yozgi Olimpiada o`yinlarini o`tkazishning iloji bo`lmaydi. G`arbiy Evropaning 25 ta shahrida ham  turli tadbirlarni o`tkazish taqiqlanishi mumkin. Dunyo bo`yicha Olimpiada o`yinlarini o`tkazish mumkin bo`lgan 8 ta shahar qoladi. Bular: Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Riga, Bishkek, Ulan-Bator, San-Fransisko, Kalgari va Vankuver shaharlaridir. Agar ochiq havoda o`tkaziladigan ba`zi bir sport turlarini o`yin dasturidan olib tashlashning iloji bo`lsa, yuqoridagi shaharlar ro`yxatini yanada kengaytirish mumkin bo`lar ekan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!