O`zbekiston – Burkina-Faso uchrashuvini Sherzod Qosimov boshqarib boradi

15:38, 16 avgust

Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasining 24 avgust kuni bo`lib o`tadigan o`yinni Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati. 

Toshkentda bo`lib o`tadigan ushbu xalqaro o`rtoqlik uchrashuvida Qosimovga qanotlarda Ma`mur Saidqosimov hamda Ruslan Serazitdinov yordam beradi. To`rtinchi hakam sifatida bu o`yinga Dmitriy Pislegin tayinlangan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi o`zining navbatdagi yig`inini 20 avgustdan boshlaydi. Ushbu yig`in davomida bitta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazish rejalashtirilgan. Burkina-Fasoga qarshi uchrashuv “Paxtakor” stadionida 20:00da boshlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!