Toshkent aeroportida yuklarni skanerdan o`tkazish tizimi joriy etildi

15:48, 16 avgust

«Toshkent» xalqaro aeroportida yuklarni skanerdan o`tkazish avtomatlashgan tizimi joriy etildi. Bu yuklarni yo`lovchilarga berish vaqtini jiddiy tarzda qisqartiradi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

«O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, yangi avtomatlashtirilgan tizim aprel oyida ishga tushirilgan edi. Bu davr ichida tizim o`z unumdorligini ko`rsatdi. Vaqt tejalishidan tashqari, yo`lovchilarning yuk yo`qolishi, unga zarar etishi yoki yuk hajmining kamayib qolishi bilan bog`liq e`tirozlari ancha kamaydi.

Tizim o`zbekistonlik dasturiy ta`minot ishlab chiqaruvchisi tomonidan yaratildi. U aeroportdagi videokuzatuv tizimi bilan uyg`unlashtirilgan.

«Endi u yoki bu yuk qaerda, qaysi texnologik zonada ekanligini har doim kuzatib borish, shuningdek, konkret yukka daxl qila oladigan shaxslarni aniqlash mumkin», — deyiladi kompaniya xabarnomasida.

Skanerlash va hisobga olish hozircha faqat uchib kelgan reyslarga nisbatan amalga oshirilmoqda, ayni paytda tizim uchib ketayotgan reyslar uchun sinov bosqichida.

Ushbu jarayonda to`plangan tajriba yangi «Toshkent-4» yo`lovchi terminaliningqurilishida inobatga olinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!