Rio–2016. Fazliddin G`oibnazarov yarim finalga chiqdi va u ham kamida bronza medaliga ega bo`ldi

20:50, 16 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining 64 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Fazliddin G`oibnazarov chorak final doirasida AQSh vakili Garri Rasselga qarshi ringga ko`tarildi.

Anchagina qizg`in kechgan bahsda vatandoshimiz 2:1 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo`l oldi va kamida bronza medalini rasmiylayshtirdi.

Yarim finalda Fazliddin G`oibnazarov rossiyalik Vitaliy Dunaysevga qarshi bahs olib boradi. Qayd etish kerakki,Shahram G`iyosov kamida kumush, Bektemir Meliqo`ziev esa kamida bronzani naqd qilib bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!