Rio–2016. Bahodir Jalolov o`z ishtirokini chorak finalda to`xtatdi

08:33, 17 avgust

Rio–2016 Olimpiadasining boks dasturidan o`rin olgan +91 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o`rtasidagi chorak final bahslari o`z nihoyasiga etdi.

Mazkur vazn toifasida ishtirok etgan o`zbekistonlik Bahodir Jalolov britaniyalik Jozef Joga qarshi ringga ko`tarildi. Afsuski, hamyurtimiz 3:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ta`kidlash joiz, ayni damda 4 nafar o`zbekistonlik bokschi medallar uchun kurashni davom ettirmoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!