Rio–2016. Raqibini nokautga uchratgan Murodjon Ahmadaliev kamida bronza medalini naqd qildi!

08:34, 17 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -56 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev chorak final bahsida argentinalik Alberto Melianga qarshi jang olib bordi.

Jangning birinchi raundidayoq Ahmadaliev raqibini nokautga uchratib, yarim final bosqichiga yo`l oldi va kamida bronza medalini naqd qildi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Shahram G`iyosov kamida kumush, Bektemir Meliqo`ziev va Fazliddin G`oibnazarov esa kamida bronzani naqd qilib bo`lgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!