Rossiyaning Primore o`lkasida bolalar bog`chasi hududiga ayiq kirib qoldi

10:02, 17 avgust

Primore o`lkasining Kirov tumani, Gorne klyuchi qishlog`idagi bolalar bog`chasi hududiga kirib qolgan ayiqni polisiyachilar otib o`ldirdi, deb xabar berdi, “Gazeta.ru” nashri.

“16 avgust kuni “Skazka” bolalar bog`chasi hududiga ayiq kirgan. Voqea joyiga o`lka ovchilik nazorati departamenti va polisiya xodimlari etib keldi. Bolalarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida bog`cha xodimlari ogohlantirildi, avtotransportlarning kirishi chegaralandi. Ayiq orqa oyog`iga turib, polisiyachilarga hujum qilgandan keyin otib o`ldirildi”, deb ma`lumot berdi hududiy ovchilik nazorati departamenti ma`muriyati.

Qora rangli olti-etti yoshli ayiq tuman hududida bir necha kun ilgari ham paydo bo`lgan. U aholi yashaydigan uylarga yaqinlashgandan keyin ovchilik nazorati xodimlari uni o`rmonga haydab yuborgan. Oradan bir-ikki kun o`tgach, ayiq yana ortiga qaytib, bolalar bog`chasi hududiga kirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!