Lola Instagram`ga minnatdorchilik bildirdi

10:20, 17 avgust

Xonanda Lolaning Instagram`gi folloverlari soni 500 mingdan oshdi. 

“Qanday ajib zamonda yashayapmiz. Ijtimoiy tarmoqlar sabab  masofa qisqarmoqda, insonlar yaqinlashmoqda, savdo rivojlanmoqda. Endilikda uydan chiqmay biznesni yuritish mumkin, telefon go`shagini ko`tarmay, do`stlar bilan muloqot qilish, biror inson bilan tanish bo`lmay turib, u haqda juda ko`p narsa bilish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar bizni yaqinlashtirmoqda va bu judayam zo`r! 

Bugun siz 500 ming nafarga etdingiz va siz men bilansiz! Kimdir menga ishonadi, kimdir esa toqat qila olmaydi va tushunmaydi. Kimgadir mening ijodim yaqin, kimgadir mening shaxsiy hayotim qiziq. Kimdir menga hamfikr va mening yashash tarzimni qo`llab quvvatlaydi, kimgadir esa shunchaki izohlarni o`qish va kiyimlarimni tomosha qilish qiziq, ayrimlarning esa g`ashini keltiraman. Biz shunday turli xilmiz, ammo biz birgamiz. Sizni kun sayin yaxshiroq bilib borish menga juda qiziq. Meni ham sizning izohlaringiz va iliq so`zlaringiz ilhomlantiradi. Menga bo`lgan ishonchingiz va mehringiz kuch bag`ishlaydi. Borligingiz uchun rahmat! Instagram`ga esa bunday imkoniyat uchun rahmat!”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!