71 yoshli britaniyalik ayol bolalik orzusini ro`yobga chiqarib, balerina bo`ldi

11:20, 17 avgust

Londonda yashovchi 71 yoshli ayol raqs maktabidagi bitiruv imtihonlaridan keyin mamlakatning eng keksa balerinasiga aylandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Nashrning xabar berishicha, Dorin Peshi (Doreen Pechey) ismli ayol bolaligidan raqqosa bo`lishni orzu qilgan, ammo ota-onasining raqs maktabiga to`lash uchun puli bo`lmagan. Injener-elektrik lavozimida ishlagan ayol bundan 10 yil ilgari keksalik nafaqasiga chiqqan. Shundan keyin u bolalik orzularini ro`yobga chiqarishga harakat qilgan va balet bilan shug`ullana boshlagan. 

Bir necha yillik tinimsiz mashqlardan keyin Peshi Royal Academy of Dance ga imtihon topshirib, Buyuk Britaniyaning eng keksa balerinasiga aylandi. Ayol endi majburiy bo`lmagan so`nggi ikki bosqich imtihonlariga tayyorlanmoqda. U haftasiga uch marotaba o`qituvchi bilan, qolgan kunlari o`zi muntazam ravishda raqs mashqlarni bajaradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!