Buyuk Britaniyada vrachlar sog`lom bolalarni onasining iltimosi bilan bir necha marotaba operasiya qilgan

11:49, 17 avgust

Buyuk Britaniyalik ayol so`nggi o`n yil mobaynida farzandlarini g`arazli maqsad tufayli o`zini bemorlikka solishga va vrachlarni ularni operasiya qilishga majburlagan, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.  

48 yoshli ayol o`zining yolg`oni orqali davlatdan yuz ming evro undirgan. U davlatdan nafaqa olish uchun o`g`lini astma, qizini esa oshqozoni kasaliga chalingan odam rolini o`ynashga majbur qilgan. Bola va qiz bir necha marotaba jarrohlik operasiyalarini boshdan o`tkazgan. Sud jarayonida ayol aybini tan olishni istamagan.

Ayolning ta`kidlashicha, o`g`li astmadan aziyat chekkanligi uchun steroidli davolash tavsiya etilgan. Maktabda hech kim bolaning astmadan qiynalganini ko`rmagan, siri fosh bo`lishidan qo`rqqan ayol o`g`liga autizm kasalligiga chalingan odamning qiliqlarini bajarishga majburlagan.

Ayol bolalarning kasallik tarixlariga asoslanib, ularni davolatish uchun davlatdan yuz ming evro undirgan. Uning uyi tintuv qilinganda 160 ming evrolik dori-darmon topilgan. Tergov jarayonida 114 nafar guvoh so`roq qilingan.

Sud ayolni bolalarga shafqatsiz munosabatda bo`lganligi va davlatni aldagani uchun etti yilu olti oylik qamoq jazosiga hukm qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!