Ruslan Nuriddinov Olimpiadadagi g`alabadan so`ng soqolini qirib tashladi

11:58, 17 avgust

O`zbekistonlik og`ir atletikachi, Braziliyada rekord o`rnatgan olimpiya oltini sohibi Ruslan Nuriddinov qalin soqolini qirtishlab tashladi, deb xabar qilmoqda “Sputnik O`zbekiston”.

Sportchining o`zi yangi imidj borasida shaxsan izoh bergani yo`q. Ammo muxlislari Ruslanni soqol bilan ko`rishga o`rganib qolishgan. Shu bois, soqol sportchi uchun o`ziga xos tumor vazifasini o`tagan, shuning uchun u Olimpiada bahslari oldidan soqolini olmagan, deb fikr bildirayotganlar ham topilmoqda.

O`zbekistonlik og`ir atletikachi ilk marotaba yangi imijda Milliy Olimpiya qo`mitasi ko`magida tayyorlangan videomurojaatda namoyon bo`lgan.

“Men o`z g`alabamni xalqimga, O`zbekistonimga bag`ishlayman, hammangizni sevaman, menga muxlislik qilganlaringiz uchun, qo`llab-quvvatlaganlaringiz uchun minnatdorman. Qo`llab-quvvatlaganlaringiz sezilib turdi, sportchi hayotida ro`y berishi mumkin bo`lgan eng yaxshi narsa ham aslida shu. Xalq mehridan ortig`i bo`lmaydi. Men barchangizni sevaman, men o`z xalqimni sevaman, O`zbekistonni sevaman. Oltin medalni Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag`ishlayman”, — deya ta`kidlagan Nuriddinov.

Eslatib o`tamiz, Ruslan Nuriddinov vazni 105 kilogrammgacha bo`lgan erkaklar o`rtasida o`tkazilgan og`ir atletika musobaqalarida ikkita urinishda 225 va 230 kg toshni ko`tarib, oltin medalni qo`lga kiritdi. So`nggi urinishda olimpiya rekordi hisoblangan 237 kg toshga buyurtma berildi va rekord o`rnatildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!