Olimpiada yugurish musobaqasida qatnashayotgan qiz yiqilgan raqibasiga yordam berdi

12:13, 17 avgust

16 avgust kuni Rioda Olimpiada o`yinlarining 5000 metrga yugurish bo`yicha o`tkazilayotgan yarim final musobaqasida amerikalik engil atletikachi qiz Ebbi D'Agostino yugurish yo`lakchasiga yiqilgan raqibasi yangi zelendiyalik Nikki Xemblinning oyoqqa turishiga  yordam berdi, deb xabar qildi “Tjournal.ru” nashri.  

Nikki Xemblin D'Agostinoning oyog`i tagiga yiqilgan, u ham chalishib yiqilganiga qaramay, o`rnidan turib, yangi zelandiyalik raqibasining oyoqqa turishiga yordam bergan. Ebbi D'Agostino oyog`ining jarohatlanganiga qaramay, finishgacha oqsoqlanib etib kelgan. Shundan keyin unga tibbiy yordam ko`rsatilgan. Xemblin qanday qilib yiqilganini bilmay qolganligini, amerikalik qizni ilgari tanimaganligini jurnalistlarga gapirib berdi. Finishga etib kelgandan keyin u D'Agostinoni quchoqlab, bergan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Qanday natijaga erishishimdan qat`i nazar, bu voqeani umrimning oxirigacha unutmayman. D'Agostino mening elkamga urib, “O`rningdan tur!” dedi. Uning qattiq jarohat olmaganiga umid qilaman, chunki hali yosh, imkoniyatlari ko`p. Bunday ajoyib inson hayotga katta muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonaman”, dedi Nikki Xemblin.

Har ikki sportchi qiz finalga yo`llanma oldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!