Yangi Nexia`ning birinchi partiyasi Rossiyaga yo`l oldi

14:28, 17 avgust 2016

Sedan Nexia R3 T250 platformasi asosida ishlab chiqarilgan bo`lib, Nexia`ning eski modeli o`rnini egalladi, deb xabar berdi “Kolesa.ru” nashri.   

Sedan Nexia R3 ning birinchi partiyasi o`tgan hafta oxirida O`zbekistondan Rossiyaga jo`natildi.

Yangi modelning qachon sotuvga chiqishi noma`lum, ammo Nexia R3`ning namunali namoyishi Moskva xalqaro “2016 avtomobil saloni”da bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. Yangi mashinaning Rossiya bozoridagi narxi 419 mingdan 569 ming rublgacha baholangan.

11 avgust kuni Ravon brendi Ukrainada namoyish qilingan edi. Matiz, R2 va Gentralarning yangi model brendlari ham mamlakatimizda namoyish etildi, deb xabar berdi GM Uzbekistan kompaniyasi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!