Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi

15:42, 17 avgust

O`zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi matbuot xizmati Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlangani haqida xabar berdi.  

“O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2016 yil 12 avgustdagi buyrug`iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Qudratxo`jaev Botir Bahromovich O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Prokuratura to`g`risida»gi Qonuniga asosan Toshkent shahar prokurori etib 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay`ati raisi etib tasdiqlandi”,—deyiladi xabarda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!