Rio–2016. Shahobiddin Zoirov yarim finalga chiqib, bronza medalini naqd qildi!

02:27, 18 avgust

Rio–2016 Olimpiadasining -52 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Shahobiddin Zoirov chorak finalda ozarbayjonlik Elvin Mamishzodaga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan jangda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan g`alaba qozonib, yarim finalga chiqdi va kamida bronza medalini naqd qildi.

Yarim finalda Shahobiddin Zoirov Venesuela vakili Yoel Rivasga qarshi ringga ko`tariladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!