Rio–2016. Shahram G`iyosov O`zbekistonga kumush medalini taqdim qildi!

02:33, 18 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -69 kilogramm vazn toifasida final bellashuvi o`tkazildi. Unda hamyurtimiz Shaxram G`iyosov qozog`istonlik Daniyar Eleusinovga qarshi bahs olib bordi.

Afsuski, oltin medal uchun kurashda Shahram raqibiga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Shunga qaramay, Shaxram G`iyosov Rio–2016 Olimpiadasida O`zbekiston terma jamoasi ilk kumush medalni olib keldi.

Ayni damda O`zbekiston terma jamoasi hisobida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bor. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!