Burkina-Faso terma jamoasi O`zbekistonga qarshi o`yin uchun tarkibini ma`lum qildi

02:51, 18 avgust

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasining 24 avgust kuni bo`ladigan o`rtoqlik uchrashuvidagi raqibi - Burkina-Faso ushbu nazorat o`yini uchun tarkibini ma`lum qildi.

O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Burkina-Faso Toshkentdagi o`yinga 22 nafar futbolchi bilan tashrif buyuradi. Tarkib mahalliy chempionatda ishtirok etadigan klublar vakillaridan tashkil etilgan.

Quyida Burkina-Fasoning O`zbekistonga qarshi o`yin uchun tashrif buyuradigan futbolchilari ro`yxatini keltirib o`tamiz.

Darvozabonlar: Ayme Zongo (YuSO), Boubakar Konate (YuSKO)

Himoyachilar: Yakuba Kulibali (RSB), Ismoil Hamed Savadogo (“Santos”), Tapsoba Sulaymoni (YuSO), Ismoil Zagre (“Kozaf”), Koanda Sulaymoniy (EFO),  Fuseyni Beao (RSB), Armand Ismoil Ouedrago (YuSO), Herman Kayade (“Kozaf”).

Yarim himoyachilar: Edmond Faysal Tapsoba (“Salitas”), Bagbema Yusuf Barro (“Salitas”), Sakande Sulaymoniy (“Kozaf”), Ismoil Lingani (“Kozaf”), Somayla Diao (“Santos”), Sibiri Arnaud Sanao (“Ajeb”), Amadu Ture (“Ajeb”).

Hujumchilar: Stefan Bande (YuSO), Hassimi Barri (Yuso), Razzoq Benin (YuSKO), Abdulkarim Baguin (“Mejestik”), Ibrohim Guigama (YuSO).

Avvalroq, O`zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu o`yinga taklif qilgan futbolchilari ro`yxatini e`lon qilgandi

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston – Burkina-Faso o`rtoqlik uchrashuvi 24 avgust kuni, “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv 20:00da boshlanadi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!