“Barselona” – Ispaniya Superkubogi g`olibi!

08:19, 18 avgust

“Barselona” jamoasi Ispaniya Superkubogi uchun bahsda “Sevilya”ga qarshi ikkinchi o`yinni ham o`z foydasiga hal qildi.

Murosasiz va keskin kurashlarga boy kechgan o`yinda kataloniyaliklar Arda Turanning dubli va Messining goli evaziga javob o`yinida yirik g`alabaga erishdi.

Dastlabki o`yinda 2:0 hisobida “Barselona” ustun kelgandi. Demak, Luis Enrike shogirdlari Ispaniya Superkubogi Sohibiga aylandi.

Barselona – Sevilya 3:0

Gollar: Turan, 10, 46, Messi, 55

Barselona: Bravo – Din (Alba, 61), Maskerano, Umtiti, Vidal – D. Suares (Rakitich, 73), Buskets (Samper, 74), Gomesh – Turan, El Xaddadi, Messi

Sevilya: Riko – Diego Gonsales, Merkado, Mariano – Konoplyanka, Iborra, Kranevitter, Korrea (Vetto, 73), Sarabiya – Ganso (Vaskes, 57), Ben Yedder (Vitolo, 63)

Ogohlantirishlar: Umtiti – Vitolo, Sarabiya

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!