Turkiyada polisiya mahkamasidagi portlash oqibatida 3 kishi halok bo`ldi, bir necha kishi yaralandi

10:18, 18 avgust

Turkiyaning sharqida yuz bergan portlash oqibatida 3 kishi halok bo`ldi, 40 kishi yaralandi, deb xabar berdi “Lenta.ru”  nashri.

Portlash Van shahrida ro`y berdi. Noma`lum shaxslar polisiya mahkamasi yonida turgan avtomobilni masofadan turib portlatdi. Oqibatda 3 fuqaro halok bo`ldi, 2 nafar polisiyachi va 38 nafar tinch aholi yaralandi.

Huquq tartibot idoralari xodimlari jinoyatchilarni ushlash bo`yicha tezkor-qidiruv ishlarini olib bormoqda. Tergov ishlari boshlandi.

Teraktni Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari sodir etganligi taxmin qilinmoqda. Turkiyaning janubi-sharqi kurd isyonchilari va hukumat qurolli kuchlarining doimiy to`qnashuv maydoni vazifasini o`tab keladi. 2015 yilning iyul oyida hukumat va Kurdiston ishchi partiyasi o`rtasidagi yarashuv bekor qilingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!