Yo`lning o`tish qismlarida telefondan foydalangan piyoda jarimaga tortiladi

10:21, 18 avgust

O`zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari guruhi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi qonun loyihasini tayyorladi. Mazkur qo`shimcha va o`zgartishlarda Yo`l harakati qoidalarining buzilishiga nisbatan jarima choralarini qo`llash nazarda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Yo`l harakati qoidalarining yangi tahriri esa 1 martda kuchga kirgan edi.

Nashr xabariga ko`ra, gap mototransportda harakatlanishda haydovchining motoshlemi bo`lmasligi, yorug`lik qaytaruvchi nimcha bilan ta`minlanmagan avtotransport vositasini boshqarish hamda piyodalarning yo`lning harakatlanish qismida, jumladan, piyodalar o`tish yo`lida telefon yoki boshqa elektron qurilmalardan foydalanishi, video- va audio mahsulotlarni tomosha qilishi va eshitishi, kitob va davriy nashrlarni o`qishi haqida ketmoqda.

Taklif etilayotgan jarimalar miqdoriga oydinlik kiritilganicha yo`q. Tuzatishlar avgust oyi oxirida Senatning oltinchi sessiyasida ko`rib chiqilishi lozim.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!