Aktyor Otabek Mahkamov Garri Potterga atlas sovg`a qildi(Foto)

10:53, 18 avgust

Aktyor va huquqshunos Otabek Mahkamov AQShga safari chog`ida britaniyalik mashhur aktyor, “Garri Potter” filmlaridagi ijrosi bilan o`zbekistonlik kinoixlosmandlariga yaxshi tanish Deniel Redkliff bilan uchrashdi. Bu haqda Otabek Mahkamov o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi. 

“Deniel Redkliff bilan uchrashuvimiz chog`ida men unga va onasiga atlas sharf sovg`a qildim. Sharf unga o`zbekistonlik muxlislari, do`stlari va hamkasblari haqida eslatib turadi”,—deb yozdi aktyor o`z sahifasida.

Aktyorning ma`lum qilishicha, uning Gollivud aktrisalari borasidagi fikri Denielniki bilan mos kelmagan. Ya`ni Deniel aktrisalar Skarlett Yoxanson va Natali Portman ijodini yoqtirishini ma`lum qilgan. Otabek Mahkamov esa Jeyn Fonda, Meril Strip va Xelen Miron kabi aktrisalar ijrosini ma`qul ko`radi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!