Rio–2016. O`zbekiston medallar reytingida 26-o`ringa ko`tarilib oldi

10:59, 18 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarida O`zbekiston terma jamoasiga yana bir medalni bokschi Shahram G`iyosov keltirdi.  

69 kilogrammgacha bo`lgan vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz final bahsida qozog`istonlik raqibiga engildi. Shunga qaramay, u kumush medaliga ega bo`ldi. Ayni damda O`zbekiston hisobida 7 ta medal – 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza mavjud.

O`n ikkinchi kundan so`ng umumiy reytingda O`zbekiston terma jamoasi 26-o`ringa ko`tarilib oldi.

Qayd etish kerakki, medal jamg`arish bo`yicha AQSh termasi hamon etakchilikni davom ettirmoqda. Amerikaliklar medallari sonini 93 taga etkazdi. 30 oltin, 32 kumush va 31 bronza medal. Garchi kechagi bellashuvlarda Buyuk Britaniya vakillari medal ololmagan bo`lsda, reytingda o`z o`rnini saqlab qoldi 19-19-12. Kuchli uchlikka esa Xitoy (19-19-12) yakun yasab turibdi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Rossiya (12-14-15) va Germaniya (11-8-9) termalari ham o`rin olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!