Volgogradlik ayol o`lgan erini 4 oy mobaynida muqaddas suv yordamida tiriltirishga urindi

11:25, 18 avgust

Rossiyaning Volgograd viloyatida yashovchi ayol 87 yoshda vafot etgan erini muqaddas suv yordamida tiriltirishga harakat qilgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Uning so`zlariga qaraganda, eri 2015 yilda yiqilib, oyog`ini jarohatlagan. 1940 yilda tug`ilgan, ilgari vrach-terapevt bo`lib ishlagan ayol jarohatdan to`shakka mixlangan eriga o`zi qaray boshlagan. Qo`shnilar erkakni so`nggi bor joriy yilning aprel oyida ko`rgan.

Ayolning uyini sel oqibatida suv bosgan. Yordamga kirgan qo`shnilarning ko`zi erkak jasadiga tushgan. 

“U bilan gaplashganimda, noan`anaviy tibbiyot bilan shug`ullanayotganligini, muqaddas suv orqali erini tiriltirishiga ishonganini, bolalariga hammasi yaxshiligini, ularning kelmasliklarini tayinlaganini bildirdi”, dedi qo`shnilardan biri.  

Qo`shnilarning ma`lum qilishicha, ular bahordayoq ayolning uyidan chiqayotgan qo`lansa hidni sezishgan, ammo bunga e`tibor berishmagan. Ayolning o`zi esa hech qanday hidni sezmaganligini ta`kidladi.

Mazkur fakt yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko`ra, erkak o`z ajali bilan vafot etganligi tasdiqlangani uchun ayolga nisbatan hech qanday jazo qo`llanmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!