Toshkentda yangi avlod Nexia avtomobillari ilk xaridorlariga topshirildi

11:32, 18 avgust

O`zbekistondagi barcha avtosalonlarda 8 avgustdan boshlab yangi avlod Nexia avtomobili sotila boshlangani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 18 avgustda esa mazkur avtomobilning ilk xaridorlari Nexia III avtomobiliga ega bo`lishdi. Bu haqda GM Uzbekistan`ning Facebook`dagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda. 

“Driver’s Village” avtosalonida yangi Nexia tantanali tarzda o`z egalariga topshirildi. Shuningdek, GM Uzbekistan tomonidan avtomobil egalariga bonus sifatida avtoaksessuarlar ham taqdim etildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!