Rio–2016. Brziliya va Germaniya finalda!

11:44, 18 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining futbol musobaqasi finalchilari aniqlandi.

Dastlabki yarim finalda Braziliya 6:0 hisobida Gondurasni mag`lubiyatga uchratib, final yo`llanmasiga ega chiqdi. Ikkinchi yarim finalda Germaniya va Nigeriya olimpiyachilari o`zaro bahs olib borishdi. Unda “nemis mashinasi” 2:0 hisobida g`alaba qozonib, finalga yo`l oldi.

Rio–2016 finalida Braziliya va Germaniya o`zaro to`qnash keladigan bo`ldi. Mazkur uchrashuvi 21 avgust kuni bo`lib o`tadi. Uchinchi o`rin uchun esa Gonduras va Nigeriya kuch sinashadi. 

Rio–2016, futbol turniri. Yarim final uchrashuvlari

Braziliya U-23 – Gonduras U-23 – 6:0

Gollar: 1:0 – 1 Neymar, 2:0 – 26 Gabriel Jezus, 3:0 – 35 Gabriel Jezus, 4:0 – 51 Markinos, 5:0 – 79 Luan, 6:0 – 90, penalti Neymar.


Nigeriya U-23 – Germaniya U-23 – 0:2

Gollar: 0:1 – 9 Klostermann, 0:2 – 89 Petersen.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!