Rioda halok bo`lgan nemis eshkakchilari murabbiysining tana a`zolari 4 kishini hayotga qaytardi

12:04, 18 avgust

Rioda halok bo`lgan nemis eshkakchilari terma komandasi murabbiyi tana a`zolari donoriga aylandi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

35 yoshli murabbiy, 2004 yilgi Olimpiadaning kumush medali sohibi bo`lgan Shtefan Vens 12 avgust kuni avtohalokatga uchrab, boshidan jiddiy jarohat olgan. Uni zudlik bilan kasalxonaga etkazishgan, ammo bu erda uning hayotini saqlab qolish uchun kerakli asbob-uskunalar bo`lmagan. Vensni boshqa kasalxonaga yotqizishgan, ammo bu narsa unga yordam bermagan va 16 avgust kuni vafot etgan. 

Nashrning ma`lumot berishicha, vrachlar Vensning jigarini, yuragini va ikki buyragini bemorlarga ko`chirib o`tqazishgan, operasiya muvaffaqiyatli yakun topgan. 

Shtefan Vens vafotidan keyin 4 kishining hayotini saqlab qoldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!