Test natijalarini CLICK tizimi orqali bilib olish mumkin

12:31, 18 avgust

Davlat Test Markazi (dtm.uz) bilan hamkorlikda 1 avgustda topshirilgan imtihonlarning natijalarini mobil telefonlari orqali bilib olish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda “Slick.uz” sayti xabar bermoqda

So`rovlarni hozirning o`zida qoldirish mumkin, va natijalar DTM tomonidan rasman e`lon qilingan zahoti, ular barcha so`rovlar bo`yicha jo`natiladi.

Natijalarni *880# USSD-so`rovi yoki ommabop “Telegram” birlahzalik xabarnomalar ilovasi orqali bilib olish mumkin. Bir so`rovning qiymati, o`tgan yildagidek, 1500 so`mni tashkil qiladi. O`zbekiston Respublikasining Markaziy Bankining joriy kursi bo`yicha ushbu qiymat taxminan 0,50 AQSh dollariga teng bo`lmoqda. Shuni takidlash joyizki, so`rov qiymati CLICK tizimiga ulangan plastik karta hisobidan echiladi.

Natijalarni USSD-so`rovlar orqali olish uchun mobil telefonda *880# terish va paydo bo`lgan menyuda “DTM-2016” bandini tanlash, so`ngra tizim yo`riqlarini bajarish lozim.

Natijalarni “Telegram” mobil ilovasi orqali olish uchun kontaktlar ro`yxatiga DTM botini (@DTMbot yoki @DTMrobot) qo`shish va unga /start buyrug`ini jo`natish kerak. Shundan so`ng bot til tanlashingizni va boshqa kerak bo`lgan ma`lumotni so`raydi.

YO`RIQNOMA

Natijalarni bilish uchun «Telegram» ilovasining foydalanuvchilari quyidagilarni bajarishlari lozim:

Kontaktlaringiz ro`yxatiga DTM botini qo`shing (@DTMbot ili @DTMrobot) va unga xabar orqali /start buyrug`ini jo`nating.

Kerakli tilni tanlang (o`zbek yoki rus tili)

So`ng “@uzrobotga o`tish” tugmasini bosing va unga telefon raqamingizni ma`lum qiling («Share my contact» menyusi)

So`ng DTM-botga /check so`rovini yo`llang

DTM botining so`roviga abiturient varaqasining raqamini jo`nating.

Ushbu so`rov asosida DTM boti raqamingizga CLICK tizimi orqali to`lovni oshirish uchun hisob chiqaradi.

To`lov amalga oshirilgandan so`ng, DTM boti ko`rsatilgan abiturient varaqasining raqami bo`yicha sinov natijasini yuboradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!