Dubayda tropik o`rmonga ega dunyodagi ilk mehmonxona quriladi

12:49, 18 avgust

Dubayda 2018 yilda tropik o`rmonni o`z ichiga olgan dunyodagi ilk mehmonxona foydalanishga topshiriladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
  
Arxitektorlar har biri 47 qavatdan iborat bo`lgan ikkita minora qurishni ham rejalashtirgan. Mehmonxonaning umumiy maydoni yashash qismi bilan qo`shib hisoblaganda 185 ming kvadrat metrdan oshadi.

Ma`lum bo`lishicha, mehmonxonadagi tropik o`rmon ikki minora asosida quriladi va uning uzunligi beshinchi qavatgacha etadi. 

O`rmonda sharshara, ariq va sensor tizimida ishlovchi yomg`ir hamda tropik iqlim bo`ladi. 

Bundan tashqari, mehmonxona mijozlari o`rmon hududidagi Yura davri uslubiga ko`ra qurilgan basseyn va qumli plyajda ham dam olishlari mumkin. 

Shuningdek, arxitektorlar minoralarning 25-qavatida tubi shaffof bo`lgan osma basseynlar qurishni ham rejalashtirgan. Basseyn foydalanuvchilari Dubay shahrining go`zalligidan bahramand bo`lishlari mumkin bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!