Sharof Muqimov: “Ikki san`atkorning baxtli oila qurishi kam uchraydigan holat”

15:04, 18 avgust

Xonandalar Sharof Muqimov va Sevinch Mo`minovalar keyingi paytlarda eng ko`p muhokama qilinayotgan san`atkorlar sirasiga kiritish mumkin. 

Sharof Muqimov “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida ikki san`atkorning oila qurishiga salbiy munosabat bildirishini aytib o`tdi:

“Ikki san`atkorning baxtli oila qurishi judayam kam uchraydigan holat, deb bilaman. San`atkorning ayoli avvalo unga ishonishi kerak. Muxlislaridan rashk qilib, bo`lar-bo`lmas janjal qilish bu oiladan fayzni ketkazadi. Oilaning mustahkamligi nafaqat erkakka, balki ayolga ham bog`liq... Eru xotinning ajrashish uchun sabablar ko`p. Lekin aqlli ayol mana shu sabablarga ko`z yumib, oilasini saqlab qoladi”. 

Avvalroq, Sevinch Mo`minova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali shaxsiy hayotiga aralashmaslikni so`ragan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!