Buxoroda Matiz bilan to`qnashgan Spark uchib ketdi(Video)

15:54, 18 avgust

Buxoro shahrida Matiz va Spark avtomobillari ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida videoxabar qoldirilgan, deb yozadi “Daryo”.

Hodisa shahar gaz tashkiloti binosi oldidagi chorrahada yuz bergan. Chorrahaga katta tezlikda kirib kelgan Spark avtomobili o`ziga nisbatan chap tomondagi ko`chadan chorrahaga kirib kelgan Matiz bilan to`qnashib, so`ng havoga ko`tarilgan va ag`darilgan.

Foydalanuvchilarning yozishicha, mazkur chorrahaga svetoforlarda yashil chiroq navbatma-navbat — avval bir tomon uchun, so`ng, shu tomonga qizil yonganidan so`ng, ikkinchi tomon uchun yonadi. Qayd etishlaricha, Matiz chorrahaga svetoforda yashil yonganidan so`ng kirib kelgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olib, jabrlanganlar to`g`risida aniq axborot yo`q.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!