Rio–2016. O`zbekiston boks musobaqalarida medallar jamg`arish bo`yicha 1-o`rinda

17:38, 18 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasida bir qator g`olib va sovrindorlar nomi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Sports.uz xabar bermoqda.

Jumladan, O`zbekiston terma jamosidan Hasanboy Do`smatov (-49 kg), Rustam To`laganov (-91 kg) va Shahram G`iyosov (-69 kg) tegishli ravishda oltin, bronza va kumush medallarini qo`lga kiritib, aynan boks turnirida medallar jamg`arish bo`yicha birinchi o`ringa chiqib oldi.

Mamlakatimiz termasidan so`ng 1 ta oltin va 1 ta kumush bilan Qozog`iston terma jamoasi joy olgan bo`lsa, uchinchi o`rinni Rossiya band qilib turibdi (1 ta oltin va 1 ta bronza).

Eslatib o`tamiz, boks musobaqalarida ishtirok etayotgan Murodjon Ahmadaliev (-56 kg), Bektemir Meliqo`ziev (-75 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Fazliddin G`oibnazarov (-64 kg) o`z vaznida yarim finalga chiqib, kamida bronza medalini naqd qilishgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!