Rio–2016. Bektemir Meliqo`ziev finalda! U oltin medal uchun kurashadi

23:29, 18 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlari boks musobaqasining -75 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo`ziev yarim finalda meksikalik Mikael Rodrigesga qarshi bahs olib bordi.

Murosasiz va keskin tarzda o`tkazilgan bellashuvda Meliqo`ziev hakamlarning yakdil qarori bilan 3:0 hisobida zafar quchib, final yo`llanmasini rasmiylashtirdi.

Oltin medal uchun bahsda vakilimiz tajribali kubalik bokschi bilan kuch sinashadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!