Rio–2016. O`zbekiston vakilasi Svetlana Radzivil balandlikka sakrashda final bosqichiga chiqdi

08:30, 19 avgust

Rio–2016 Olimpiadasining engil atletika dasturiga kiruvchi balandlikka sakrash bahslarining saralash bosqichi bo`lib o`tdi.

Mazkur bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova ishtirok etishdi. Svetlana saralashdan o`tish uchun kerak bo`lgan 1,94 metrlik balandlikni zabt etdi va final bosqichiga yo`llanma oldi.

Afsuski, Nadiya Dusanova kerakli bo`lgan balandlikdan sakray olmadi va to`rt yillikning eng nufuzli turniridagi yurishini to`xtatdi.

Ma`lumot uchun, balandlikka sakrash bahslarining final bosqichi 21-avgust kuni bo`lib o`tadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!