Evropa Ligasi. Odil Ahmedov “Krasnodar” safida yorqin g`alabaga erishdi

08:58, 19 avgust

Evropa Ligasi turnirining pley-off bosqichi ilk o`yinida Rossiyaning “Krasnodar” klubi o`z maydonida Albaniyaning “Partizani” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

“Krasnodar” safida O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Odil Ahmedov to`p suradi. Mazkur o`yinda hamyurtimiz 66 daqiqa maydonda harakat qilib, jamoasining 4:0 hisobidani g`alabasiga o`z hissasini qo`shdi.

Javob o`yini Albaniyada bo`lib o`tadi.

“Krasnodar” (Rossiya) – “Partizani” (Albaniya) 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 18, penalti Joaozino, 2:0 – 27 Smolov, 3:0 – 45 Endjeychik, 4:0 – 73, avtogol Krasniki.
“Krasnodar” – Krisyuk, Martnovich, Endjeychik, Kaleshin, Grankvist, Pereyra (Gazinskiy, 62), Odil Odil Ahmedov (Kuassi, 66), Kabore, Joaozino, Smolov (Torbinskiy, 76), Ari.
“Partizani” – Xodja, Ibraximi (Feyzulaxu, 64), Krasniki, Arapi, Ramadani, Bata, Trashi, Bardi (Fili, 64), Vilya, Ekuban, Torassa.
Ogohlantirishlar: Endjeychik (24), Grankvist (38), Trashi (60).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!