Noqonuniy mashvarat yoxud “Yegova guvohlari”ning yana bir qonunbuzarligi xususida

11:01, 19 avgust

Mamlakatimiz qonunlari har bir shaxsning vijdon va e`tiqod erkinligini kafolatlaydi. Bosh qomusimizda ham har bir shaxsning o`zi istagan dinga e`tiqod qilishi yoki hech bir dinga e`tiqod qilmaslikka haqli ekani belgilab qo`yilgan. Yurtimizda rasman ro`yxatga olingan barcha konfessiyalar vakillari o`z ibodatlarini, rasm-rusumlarini ado etishlari uchun etarlicha  shart-sharoitlar muhayyo etilgan.

Shu bilan birga mamlakatimiz qonunchiligiga binoan diniy qarashlarni majburan singdirish, aqidaparastlik, terrorizm, missionerlik ko`rinishidagi har qanday  hatti-harakatlar jinoyat sanaladi va tegishli javobgarlikka sabab bo`ladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan bu boradagi qonun talablarini buzgan kimsalarga nisbatan tegishli choralar ko`rib kelinmoqda.

“Yegova guvohlari” mamlakatimizda rasman ro`yxatdan o`tgan diniy tashkilotlar qatorida tursa-da, me`yoriy hujjatlarga ko`ra, mazkur tashkilot a`zolari o`z ibodatlari va diniy yig`inlarini faqat ro`yxatdan o`tkazilgan tashkilot hududida amalga oshirishlari, tegishli qo`llanmalardan ham shu erning o`zida foydalanishlari  lozim. 

Toshkentlik Nina Zadorkina ham ko`p yillardan beri ushbu diniy tashkilot a`zosi sanaladi. Shu choqqacha u e`tiqodi sabab biroz kamsitish yo ta`qibga uchramagan. Zero mamlakatimiz qonunchiligi har bir shaxsning vijdon erkinigiga alohida hurmat bilan yondoshishi hech kimga sir emas. Biroq, N.Zadorkina va uning sheriklari  qonunlarimizga hurmatsizlik bilan qarashi  ma`lum bo`ldi. 

2016 yil 2 yanvar kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari  tomonidan N.Zadorkinaga tegishli, Toshkent shahar Bektemir tumani Vodnik dahasi 19-uy, 14-xonadonda qo`shma tadbir o`tkazishdi. 

Xuddi shu paytda N.Zadorkina xonadonida uning maslakdoshlari – Olga Golovasheva, Artur Golovashev, Sergey Chertogov hamda Feruza Chertogovalar diniy qo`llanmalarini mutolaa qilishayotgani ma`lum bo`ldi.  Shuningdek, N.Zadorkinaning xonadoni tekshiruvdang o`tkazilganda, bu erdan “Yeogova guvohlari”oqimi qarshshlari aks ettirilgan 9 ta kitob, 4 ta daftar, 43 ta varaqa topildi. 

Shuningdek, mehmonlardan biri Sergey Chertogovning Mirobod tumani Qo`yliq-3 dahasida joylashgan  manzili  – 35-uy 79-xonadon ko`zdan kechirilganda, bu erdan ham diniy mazmundagi 5 ta kitob, 5 ta varaqa va 5 ta SD-disk topilgan.

Tabiiyki, mezbon va mehmonlar bu “kutilmagan tashrif”dan sarosimaga tushishdi. Hech qanday g`ayriqoniy harakat qodir etilmaganini da`vo qilishib, huquq-tartibot idoralari vakillariga nisbatan e`tiroz ham bildirishdi. 

Biroq, amaldagi me`yoriy hujjatlar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo`yicha qo`mitaning xulosasiga ko`ra, qo`lga kiritilgan diniy materiallardan faqat “Yegova guvohlari” vakillarininig Chirchiq shahridagi binosi hududida, ichki foydanashi uchungina ruxsat etiladi. Binobarin bu kitoblarni mamlakatimizning boshqa hududlarida tarqatish, saqlash, ulardan foydalanishga qonunan ruxsat etilmaydi. 

Shu bois jinoyat ishlari bo`yicha Bektemir tuman sudining hukmiga ko`ra, sudlanuvchilar N.Zadorkina, O.Golovasheva, A.Golovashev, F.Chertogova, S.Chertogov O`zbekiston Respubilkasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddalariga muvofiq aybdor deb topildilar va muayyan miqdorda jarima to`lashga hukm qilindilar.
    
Soxib Ixtiyor
*Suratning maqola qahramonlariga aloqasi yo`q.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!