Kamalaksoch Rapunsel Instagram yulduziga aylandi(Foto)

11:13, 19 avgust

31 yoshli avstraliyalik ayol Trisha Reybelt o`zining fantastik soch turmagi bilan Instagram`ni zabt etdi, deb yozadi “Sosmo.ru”. 

U 11 yildan beri sochlarini o`stiradi va sochini turli ranglarga bo`yashni xush ko`radi. Trisha bir muddat avval sochlarini 30 santimetrga kaltalatdi, biroq uning sochlari qirqilgani deyarli sezilgani yo`q. 

 

Trishaning aytishicha, sochni o`stirishga bo`lgan qiziqish unga onasidan o`tgan. Sochni bo`yash bo`yicha tajribalar Trisha uchun haqiqiy xobbiga aylandi. U sochlarini turli ranglarga bo`yashdan charchamaydi. 

Trishaning sochlarini bo`yash uchun besh soatcha vaqt talab etiladi. U soch bo`yashni o`zidan va eng yaqin dugonalaridan boshqa hech kimga ishonmaydi. Reybelt sochlarni turli rranglarga bo`yash bo`yicha etuk mutaxasisga aylandi, u mazkur sohadagi eng ommabop texnikalarni qo`llab ko`rdi.

Sochini turli ranglarga bo`yab ko`rgan Trisha oxir-oqibat o`z uslubini topdi: Sochlarini bir vaqtning o`zida kamalakning barcha ranglariga bo`yab ko`rdi. Trishaning fikricha, bu obraz uning temperamentiga mos tushadi va uni hammadan ajratib turadi. 

Aytgancha, avstraliyalik Rapunsel sochlariga zarar keltirmaslik uchun fen va boshqa soch turmaklovchi vositalardan foydalanmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!