Britaniyalik ayol labini kattalashtirish uchun minglab dollar pul ketkazishda davom etmoqda

11:40, 19 avgust

Liverpullik 30 yoshli Aliya Birn ismli yolg`iz ona Instagram ning haqiqiy yulduziga aylandi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Hammasi bundan bir yil ilgari ayol lablarini 6,5 ml dermal fillerga kattalashtirgandan keyin boshlandi. Odamlarning tanqidi ayolga ta`sir qilmadi, u lablarini yanada kattalashtirish ishtiyoqida yonmoqda. Aliya odamlar unga ensasi qotib qarashini tan oldi, ammo bu narsa unga kuch bag`ishlashini, odamlarning e`tiborini tortayotganidan mamnunligini, birovlarning fikri qiziqtirmasligini ma`lum qildi. 

U 2 yoshli o`g`lini yolg`iz voya etkazmoqda. Aliya o`zini namunali ona deb hisoblaydi. “Jarrohlik operasiyasini hisobga olmaganda, o`zim uchun ortiqcha pul sarflamayman. Topganimni o`g`lim uchun ishlataman”, dedi u. 

Aliyaning yaqinlari uni bu ishdan to`xtatishga harakat qilishdi, ammo u maslahatlarga quloq solishni istamayapti. “Aksariyat odamlar labimning kattaligidan hayratga tushishadi, ammo men bunga o`rganib qolganman. Uning kattaligi menga bilinmaydi, hech qanday noqulaylik tug`dirmaydi”, deb javob berdi Aliya. Ayol 29 yoshga to`lgan kuni ilk jarrohlik operasiyasini boshdan kechirgan. Jarrohlikning umumiy bahosi £2000 ni tashkil qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!