Barak va Mishel Obamaning sevgi tarixi haqida film suratga olindi

12:28, 19 avgust

Barak va Mishel Obamaning sevgi tarixi haqidagi filmning liboslar bo`yicha rassomi Megan Shpats filmda foydalanilgan liboslar haqida gapirib berdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Film “Sautsayd sen bilan” deb nomlanib, bosh qahramonlar obrazini aktyorlar Parker Soyers va Tika Sampterlar yaratgan.

Shpats AQShning birinchi xonimi endi go`zallik namunasi deb hisoblanayotgani uchun unga libos tanlashda qiynalganini tan oldi. Filmda liboslar uchun 2 ming dollar sarflangan. U avvaliga 1980 yillar kiyinish uslubini o`rgandi va shundan keyin er-xotin Obamalarning fotosuratlarini ham ko`rib chiqdi.

Shpats Mishel Obamaning kasbi huquqshunos bo`lgani uchun unga avvaliga jiddiy kiyimlarni tanlagan bo`lsa, keyin fikridan qaytib, biroz erkinroq kiyintirgan. Barak Obama uchun kiyimlarni Etsy saytidan tanlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!